Jaholatga qarshi ma’rifat

Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidat va xurofotga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib keladi.  Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zo‘ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq yuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi ma’rifat usuli hozirgi davrda, bashariyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asr ibtidosida g‘oyat muhim kasb etmoqda. Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq  va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakultetining  “Elektr texnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili islomshunos olim, xatib T.Zoirov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi. Tadbirda  fakultet dekani A.Isakov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Habibullaev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari O.Matchonov va A.Botirov, fakultet pofessor-o‘qituvchilari  hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatgaqarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma’lumki harqanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz,qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o‘rin tutadi.

Birinchi navbatda hudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‘chilik va mahalliychilik, manfaatparastlik va korrupsiya, o‘zgalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay halos etish to‘g‘risida chuqur o‘ylashimiz kerak. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi, hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z navbatida shaxsning barkamolligiga va uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bu tushunchalar mohiyatidan inson ahloqi va odobini, shakllangan barcha ijobiy hislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqaralarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Bular barkamol inson fazilatlarihaqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir.

Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bo‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo‘sh urmaydi. Ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasiqanchalik murakkab bo‘lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadga erishish mumkin.  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, inson o‘zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o‘rganish va bilish doimo izlanishda bo‘lsa albatta "Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.

“Qishloq va suv xo‘jaligi

energiya ta’minoti” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev

TIQXMMI  matbuot  xizmati