Institutning faxrli sportchi talabalari
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev “Barcha sportchi yoshlarimizga, ularning ustoz va murabbiylariga, milliy sportimizni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirib, yangi zafarlar tilayma”- deganlarida yosh avlodga ishonch va umid tuyg‘ulari borligini his etmaslik mumkin emas.
Darxaqiqat sport yoshlarni sog‘lom, kuchli, mard va qat’iyatli qilib kamolga yetkazadi va bunday yoshlarimiz halqimiz va vatanimizning tayanchi va suyanchi bo‘ladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning sportchi yoshlari halqaro bellashuvlar va raqobatlarda hech qachon, hech kimdan kam bo‘lmay kelishmoqda. Mamlakatimizning shunday sportchi yoshlari qatorida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2–bosqich 205–guruh talabasi Muxtorov Abbos Farhod o‘g‘li ham vatanimiz sha’nini himoya qilishda qalbdan jonbozlik bilan ishtirok etib kelmoqda.
Talabamiz A. Muxtorov kuni kecha ya’ni joriy yilning mart oyida Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Sariyog‘och tumanida o‘tkazilgan “Miks Silat” halqaro sport turnirida faol ishtirok etib, 48 kg. vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida faxrli 3 – o‘rinni egalladi.
Shu bilan bir qatorda Qirg‘iziston Respublikasi “Batыrbashы” promouter tashkiloti tomonidan “Halqlar do‘stligi” shiori ostida o‘tkazilgan halqaro yakka kurash sport turnirida ishtirok etib, 51 kg. vazn toifadagi sportchilar o‘rtasida fahrli 3 – o‘rinni hamda Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilgan “KULATUU AMATEURS” halqaro sport turnirida faol ishtirok etib, 51 kg. vazn toifadagi sportchilar o‘rtasida faxrli 1 – o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan darajali diplom va medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Talabamiz Muxtorov Abbos Farhod o‘g‘liga katta minnatdorchilik bildirib, kelgusi ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I. Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov