BioEcUz: Latviya, Litva va Finlandiyalik hamkorligida bioiqtisodiyot bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi
Finlandiyaning Yuviskale amaliy fanlar universiteti, Latviyaning hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti va Vytautas Magnus universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida O‘zbekistonda birinchi bor bioiqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkillashtirildi. Bundan tashqari konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vaziriligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Baliqchilik sanoati uyushmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu konferensiya Erasmus+ dasturi doirasida bajarilayotgan “BioEcUz: Bioqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekistonda magistrlarni tayyorlash” loyihasining tarkibida o‘tkazildi. Konferensiyani Latviyaning hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti rektori Irina Pilvere ochib berdi. So‘ngra Oliy ta’limda bioiqtisodiyot va savdo ko‘nikmalarini shakllantiruvchi Agrobiznes modeli to‘g‘risida Finlandiyalik espert Minna Lappalainen taqdimot qilib berdi. Navbatdagi sessiyani “Bioqtisodiyot tarmog‘i: muammolar, imkoniyatlar va ilmiy tadqiqot” bo‘yicha Latviyalik ekspert so‘zlab berdi. Konferensiya so‘nggida guruhlarga bo‘lingan holda bioiqtisodiyot bo‘yicha bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi va umumiy yakuniy xulosa qilindi.
BioEcUz loyihasining maqsadi: O‘zbekiston manfaatdor tomonlarini milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga undaydigan bioiqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajribalar birlashtirilgan holda o‘quv dasturlarini yaratish. Shuningdek, samaradorligi past resurslardan maksimal foydalanish va arzon ishchi kuchini bioiqtisodiyotga yo‘naltirilish orqali, bilim va innovatsiyalar qo‘llash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.
TIQXMMI matbuot xizmati