Innovatsion strategiya
Institutda 10.07.2019 yil kuni Suv xo‘jaligi vazirligining «Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va ta’lim» boshqarmasi, Ommaviy Axborot vositalari hamkorligida «Iqtidorli talabalarning innovatsion ishlanmalarini muhokamadan o‘tkazildi.
Unda institutning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan: “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi Turdiev Akbarali Usmon o‘g‘lining - “SMART WATER” innovatsion loyihasi, “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 4-kurs talabasi Yusupov Muxammadsodiqjon Siddiqjonovichning - Fermer xo‘jaligi cho‘kma nasos boshqaruvida GSM texnologiyalari qurilmasi, “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabalari Jalilov Sirojiddin Muhiddin o‘g‘lining - Kollektor – zovur suvlaridan qayta foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish innovatsion loyihasi, Xamroeva Shaxnoza Aminjon qizining - MEASURING WATER LEVELS IN WELLS (quduqdagi suv sathini o‘lchash) qurilmasi, Jumanazarova Komila Sharofiddin qizining - Ecofreezeri (ekologik toza sovutgich) qurilmasi, Karimova Durdona Fazliddin qizining - Namlik va haroratni aniqlash qurilmasi, Toshpo‘latov Baxodir G‘ani o‘g‘li va Normuradov Jamolbek Panji o‘g‘lining – Gidroelektrometr (Gidrotexnik inshootlarda suv sathini o‘lchashni avtomatlashtirilgan innovatsion texnologiyasi) qurilmasi singari 7 ta yangi ishlanma muhokama qilindi.
Muhokamada ishlanmalar orasidan Durdona Karimovaning “Namlik va haroratni aniqlash” qurilmasi, Shahnoza Hamroevaning “MEASURING WATER LEVELS IN WELLS” quduqdagi suv sathini o‘lchash qurilmasi va Muhammadsodiq Yusupovning “Telefon orqali cho‘kma nasos stansiyasini boshqarish” GSM texnologiyasi qurilmasi ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy -pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi yetakchi muhandisi O.Abdisamatov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov