Oʼquv ilmiy markazning xozirgi xolati xamda kelgusidagi rejalar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali “Oʼquv-ilmiy markaz”da olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishish uchun Ilmiy boʼlim boshligʼi B.Matyakubov hamda prof.v.b. F.Joʼrayev TIQXMMI Buxoro filialai ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida Buxoro filiali “Oʼquv-ilmiy markaz”da yetishtirilayotgan ekin turlari hamda ularni sugʼorishda qoʼllanilayotgan sugʼorish usullari bilan yaqindan tanishildi. Xozirgi kunda “Oʼquv-ilmiy markaz” da 5 gektar yer maydoniga boshoqli don 5 ga maydonda makkajoʼxorining turli navlari ekilib tajriba sinov ishlari olib borilayotganligi kuzatildi. Quyida makkajoʼxori holatini oʼrganish jarayonidan lavhalar keltirilgan.

Makkajoʼxorilarning oʼsish xolatini oʼrganishmoqda.

Shuningdek 2021 yilda “Oʼquv-ilmiy markaz” da Buxoro-2, Buxoro-6 va Buxoro-8 navlari ekilgan boʼlib, sugʼorishning suv tejamkor texnologiyalar, plyonika toʼshab sugʼorish, tomchilatib sugʼorish kabi usullardan foydalanib, paxtalarning oʼsish va rivojlanish jarayonlarida boʼladigan ijobiy oʼzgarishlar oʼrganilib kelinmoqda. Hamda suv tejamkor sugʼorish texnologiyalarni qoʼllash jarayonida kuzatilgan muammolar boʼyicha fikr almashilindi.

Gʼoʼza dalasida anaʼnaviy sugʼorish usuli hamda qator oralariga plyonka toʼshab sugʼorish jarayoni.

Gʼoʼza yetishtiriladigan maydonda qoʼllanilayotgan texnologiya boʼyicha dalolatnoma ramiylashtirildi hamda keng miqyosda tadbiq qilish va tijoratlashtirish masalalarini oʼrganib chiqish kerakligi taʼkidlab oʼtildi. Qora plyonka toʼshab sugʼorish tashkil etilgan maydonlarda anaʼnaviy usulga nisbatan suvning gʼoʼza ildiz ostida saqlanish muddati oʼzayishi, begona oʼtlar chiqmasligi hisobidan gʼoʼzaning 30-40 foizga rivojlanishi va hosil toʼplash jarayonlari yaxshi ekanligi joyida oʼrganilib hulosalari qilindi. Аmmo sugʼorish ishlarini bajarishda suvni oʼsimlik ildiz tizimiga berish kerakligi miroblarga tushuntirildi. Hamda sugʼorish jarayonini tashkil qilinishi bilan tanishildi.

Tomchilatib sugʼorish jarayoni

Yuqorida keltirilgan suv tejamkor sugʼorish texnologiyalardan foydalanish oʼzining ijobiy natijasini berayotganligi va hozirgi kunda koʼpgina fermer xoʼjaliklarida keng joriy etilayotganligi bilan dehqonlarning diqqat markazida boʼlib turilganligi katta ahamiyatga ega. Аyniqsa sugʼorish suvlarining Buxoro viloyatiga 100 foiz nasos orqali berilayotgan har bir litr suvni tejash hamda suv tejamkor sugʼorish texnologiyalarni qoʼllashda katta ahamiyat kasb etmoqda. TIQXMMI Buxoro filialining “Oʼquv-ilmiy markaz”ida “Suv xoʼjaligi va melioratsiya” kafedrasining bir guruh olimlari Birlashgan millatlar tashkilotining qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi qoʼmitasi FАO/GEF bilan hamkorlikda 290 mln. soʼmlik tadqiqot ishlar amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurgʼoqchil va shoʼrlangan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (GCP/SEC/293/GFF) loyihasi doirasida shoʼrga chidamli qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirish va shoʼrlanishni bartarf etish boʼyicha yangi texnologiyalarni qoʼllab hamkorlikda ITI olib borilmoqda. Bundan tashqari loyiha doirasida Аvstraliyada ishlab chiqarilgan qiymati 27 ming dollarga ega boʼlgan EM-38 zamonaviy qurilmasi filialga taqdim etilib, unda tuproq namunasini olmasdan hech qanday kontaksiz tuproq elektr oʼtkazuvchanligini aniqlash, JPS orqali geolokatsiya maʼlumotlarini bir vaqtning oʼzida qayd etish, daladan koʼp hajmdagi axborotlarni tez va ishonchli olish imkoniyatini berishi ilmiy ishlarda hamda vaqt tejash va ilmiy ishlarni aniqlik darajasini koʼtaradi. Shuningdek ushbu loyiha doirasida jami qiymati 286,5 mln soʼm miqdorda ilmiy tadqiqot ishlari “Oʼquv-ilmiy markaz”ida Romitan, Jonjor, Shofirkon tumanlarida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari Filialning 05.07.01 – “Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” va 06.01.02 – “Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik” hamda 06.01.10 - Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosliklari boʼyicha tahsil olyotgan tayanch doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlari, magistr va talabalarning oʼquv-ishlab chiqarish amaliyotlarini kelgusida “Oʼquv ilmiy markaz”da tashkil qilinishi kerakligi takidlab oʼtildi. Shuni hisobga olgan holda OʼIMda yashash va ilmiy ishlar olib borish uchun imkoniyatlar yaratilishi kelgusida nazariya va amaliyot chambarchaslikda olib borilishini taʼminlaydi.

 

T.f.d.,prof.v.b. F.Jo‘rayev TIQXMMI Buxoro filialai ilmiy
ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
TIQXMMI matbuot xizmati