Nazariya va amaliyot chambarchasligida ilmning oʼrni

2021-yil 9-iyul kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash instituti Buxoro filiali “ Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik” mutaxassisligi 1-bosqich doktoranti Nurov Dilmurod Elmurodovichning “Suv tanqisligi sharoitida gʼoʼzani tomchilatib sugʼorish boʼyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish” (Buxoro viloyati misolida) PhD doktorlik dissertatsiyasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot obekti boʼlgan Buxoro viloyati Vobkent tumanining “Said Imom Tilav” fermer xoʼjaligiga, professor Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida fermer xoʼjaligi raisi Imomov Odil bilan uchrashildi.

Tadqiqotchi tomonidan dastur asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan kuzatildi. Tadqiqot olib tajriba tizimi boʼyicha variant va takrorlanishlarni joylashtirishi bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotlar oʼtkazishda kuzatilgan xato va kamchiliklar, muammolar boʼyicha taklif va maslahatlar berildi. Аyniqsa vilt kasalligi va fermer xoʼjaligining shoʼrlangan qismlarida gʼoʼzaning qurib qolish sabablari toʼgʼrisida fikr va xulosalar berib oʼtildi. Shuning bilan birga gʼoʼzani tomchilatib sugʼorishdagi muammolardan biri begona oʼtlar koʼpayishini oldini olish boʼyicha fermerga va tadqotchiga aniq tavsiyalar berildi.

Fermerga dalada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini qoʼllab quvvatlayotganligi uchun prof.Matyakubov B.Sh, oʼz minatdorchiligini bildirib oʼtdi. Hamda kelgusida yil davomida dala sharoitida bajariladigan agrotexnik tadbirlar boʼyicha tavsiyalarni yetkazib berishi hamda kelgusida ilmiy tadqiqotlar natijasini boshqa fermerlarga yetkazish kerakligi taʼkidlab oʼtildi. Fermer hamda uning ishchilari va doktorant D.Nurov bilan dala tadqiqotlari boʼyicha olib borilgan kuzatuvlar yuzasidan tashrif munozaralarga boy va qiziqarli ravishda oʼtdi. Shuni ham taʼkidlash joyizki bunday amaliy tomondan joyda bajarilayotgan ITIlar yuzasidan Fermer-Doktorant-Ilmiy rahbar hamkorligi katta imkoniyatlar poydevoridir.

TIQXMMI matbuot xizmati