Ilmiy tadqiqot va innovatsiya: “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv
Bugungi kunda bu ikki tushuncha doimo birga ishlatilishi odat tusiga kirib ulgurdi. Institutimizda taʼlim va ilmiy tadqiqot, innovatsiya integratsiyasini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga koʻtarish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Talaba yoshlarni soha rivoji uchun jalb qilish, ularni samarali ilmiy ijod bilan shugʻullanishlarini taʼminlash maqsadida targʻibot ishlari yanada izchil yoʻlga qoʻyilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri 2019-yil 11-sentyabr kuni institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Sh.Imomov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi xodimlari ishtirokida “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti 3-bosqich talabalari bilan tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga ilmiy ijodkorlik faoliyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Muhandis ijodi mahsuli – inson hayoti farovonligini taʼminlashga qaratilgan ixtirolar yaratish ekanligi haqida talabalarni yanada chuqur izlanishga undovchi fikrlar taʼkidlandi.
Talabalar tomonidan ilmiy faoliyat, novatorlik boʻyicha koʻpgina savollar tushdi va ularga batafsil javoblar berildi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi xodimi D.Akbarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov