Korrupsiyaga qarshi kurashish - muhim vazifa
9-dekabr Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan institutimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedra mudiri dotsent R.J Baratov va kafedra professor-oʼqituvchilari bilan birga “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” taʼlim yoʼnalishi 1-kurs talabalari oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv natijasida dotsent А. Denmuxammadiev davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga boʼlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf – korruptsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotganligi borasida maʼlumot berdi. Shu bilan birga talabalar kafedra professor-oʼqituvchilari bilan yaqindan tanishdilar va oʼz mutaxassisligi boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
“E va M” kafedra assistenti А. Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati