Oʻqing, bu muhim
Davr shiddatli voqealarga boy. Ana shunday jarayonda faol ishtirok etish davr talabi. Vatan taraqqiyoti va yurt farovonligi har bir davlat rahbariga xos boʻlgani kabi Respublikamiz Prezidentining Oliy majlisga murojaatida ham ana shu xalqparvarlik va vatanparvarlik tuygʻusini his etmaslik mumkin emas. Xalqimiz Prezident murojaati ruhida yangi yilni boshladilar. Murojaat mazmuni bilan tanishish, uzoqni koʻzlovchi strateg, reformator sifatida qator islohotlar qilayotgan davlatimiz rahbarining chorlovlarini targʻib va tashviq qilish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etishi haq. Xuddi shu maqsadda institut Matbuot kotibi R. Jumaniyozovning “Qishloq hayoti” gazetasida chop etilgan “Farovon hayotimiz uchun yoʻllanma, yuksak taraqqiyotimiz uchun qoʻllanma” nomli maqolasini oʻqish foydadan xoli emas. Unda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat va islohotlarning nechogʻli muhim ekanligi asoslab berilgan.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining oʻqituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti