Suv muammosi – jamiyat muammosi
2019 - yil 12-14 - mart Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida "22 - mart Butunjahon suv kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Suv muammosi – jamiyat muammosidir: uning yechimi hech kimning nazaridan chetda qolmasligi kerak" nomli Respublika tanlovi ochiq deb e‘lon qilindi.
Tanlov Birlashgan millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida tashkil etildi va o‘tkazilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish uchun Respublika miqyosida 200 dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishdi. 12 - mart kuni tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi. G‘oliblar 14 - mart kuni bo‘lib o‘tadigan Taqdirlash marosimida e‘lon qilinadi hamda taqdirlanadi. Eng qizg‘in bosqichlar hali oldinda tashrif buyuring, kuzating va o‘zingiz uchun kerakli ma‘lumotlarga ega bo‘ling. Bizni kuzatib boring.
Tanlovga o‘z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan mehmonlarimizga hamda tashkiliy ishlarda yaqindan yordam berayotgan institut rahbariyatiga, komissiya a‘zolariga, ishchi guruh a‘zolariga ishtirokchi talabalar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Institut yoshlar ittifoqi yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov