Faxriy general bilan uchrashuv
Joriy yilning 11-yanvar kuni QXM fakulteti Faol talabalari hamda Chegara qo‘shinlari faxriy Generali Artikbayev Abdullajon Artikbayevich bilan ’’Vatan himoyasi uchun har birimiz mas’ulmiz’’ shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Suxbat davomida General o‘z yutuqlari, xizmat qilgan joylari va xayotidagi yaxshi yomon o‘tkazgan kunlarini talabalarga aytib berdi va kelgusi o‘qishlariga, ishlariga zafarlar tilab, kelajakda yetuk inson bo‘lishlariga ishonch bildirib, fakultet faollariga minnatdorchilik izhor etdi. General yoshlarga bir shiorni har doim ilgari surishini va esidan chiqarmasligini iltimos qildi ’’Dam bu damdir o‘zga damni dam dema, Shukur qilgin Davlatingni kam dema’’. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov