Davra suhbatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-6155 sonli "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yili davlat dasturi to‘g‘risida "Gidromelioratsiya" fakulteti 1 va 3 - bosqich talabalari bilan 3- TTJda davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Q.Sh.Eshquvatov olib bordi. Suhbat jarayonida Prezidentimizning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar va 2020-yil 29-dekabrdagi murojaatnomadan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan davlat dasturi yoshlarga katta imkoniyatlar berishi va ulardan oqilona foydalanish kerakligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida talabalar tomonidan "Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yili davlat dasturi bo‘yicha savol-javoblar va talabalarning fikr -mulohazalari tinglandi.
TIQXMMI matbuot xizmati