Teatr-ma’naviyat maskani

Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr - bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Gidromelioratsiya" fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatriga  tashrif buyurdilar. Teatrda Sharof Rashidov qalamiga mansub “Ikki dil dostoni” asari asosida sahnalashtirilgan balet namoyish etildi.

Mazkur asar asosida badiiy filmlar suratga olingan. Asar asosida ozarbayjonlik bastakor A.Melikov libretto yaratgan. “Ikki dil dostoni” baletini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, baletmeyster Shavkat Tursunov sahnalashtirgan. Direjyor O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Fazliddin Yoqubjonov. Asarda bosh rollarni Nodira Hamroeva, Doniyor Xasmanov, Ulug‘bek Olimov, Olga Sobirova, Zamir Fazlutov ijro etishgan. Aktyorlarning mahoratini, sahna bezaklari va qadimgi tarixiy muhitni yarata olishgani bilan tomosha barcha tomoshabinlarni ko‘nglidan joy oldi.

 

 

 

 “Gidromelioratsiya” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Habibullaev axboroti

Institut  matbuot  xizmati