Bahor bayramlariga tayyorgarlik bo‘yicha -DISPUT

Bahor bayrami yaqinlashib kelayotgani  institutimiz jamoasini, ayniqsa, ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlarimizni ruhiyatini ko‘tarmoqda.  Bu borada eng asosiy tadbirlarimizdan hisoblangan 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, Navro‘z umumxalq bayrami va A.Oripovning 80 yillik yubiley bayramlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yuqoridagi bayramlar munosabati bilan “Er resurslarini boshqarish" fakulteti va  “Gidrotexnika inshootlari” fakultetlari  talaba-qizlari va ayol professor -o‘qituvchilari tashabbuslari bilan “Milliy liboslar tanlovi” o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Z.Ismailova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar Z.Xafizova va O.Ro‘ziqulova, F.Yunusovalar bilan birgalikda fakultetda olib borilayotgan tadbirlarga tayyorgarlik masalalari bilan Disput uchrashuv tashkil etildi. Disput jarayonida Z.Ismailova avvalambor qizlar bilan respublika miqyosida ayollarga bo‘lgan e’tibor Davlat siyosati darajasiga chiqib kelinayotganligi, ayniqsa OTMga kirish imtiyozlarini berilishi, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”lari joriy etilishi va Gender tenglik masalalariga oid bir qancha qarorlarni chiqishi bu bizga, sizga berilayotgan e’tibor deya so‘z boshladi. Shu bilan birga institutimiz tomonidan ham talaba-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar:darsda va darsdan tashqari ko‘rsatib kelinayotan ma’naviy-ma’rifiy munosabatlar, sport to‘garaklari, madaniyat saroyida faoliyatini boshlagan bir qancha to‘garaklar, “Olima ayollar”, “Qizlarjon”klublari faoliyatini olib borilishi bu aynan talaba-qizlarimizga bo‘lgan e’tibor deb bilish kerak.

Siz yoshlar talaba-qizlar bunga faqatgina institut ichki tartib-qoidalarga amal qilgan holda o‘qishingiz, chiroyli kiyinib yurishingiz bilan javob bera oladigan qizlar bo‘lishingiz zarurdir degan fikrlar bilan ham o‘rtoqlashildi. Talaba-qizlarni qanday muammolar qiynayogani, sharoitlari va oilaviy munosabatlarda qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa suhbatlar olib borish kabi masalalar bo‘yicha savollar borligini bemalol ochiq munosabatda bo‘lish taklifini kiritdi. Berilgan savollarga aniq javobini qaytardilar va ularga kerakli maslahatlar ham aytilib ketildi. Yana bayramona kayfiyatga o‘tildi. Bunda talabalar tomonidan bir qancha tarbiyayaviy tadbirlar o‘tkazish taklifi tushdi va bu takliflarni barcha fakultet kesimida aniqlagan holda, umumlashtirib natijasini e’lon qilish maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi aytib ketildi.

Fakultet talaba-qizlari tomonidan rejalashtirilayotgan  “Milliy liboslar tanlovi”  20-fevral kuni o‘tkazish rejalashtirib olindi. Bu bayram tadbiriga juda chiroyli tayyorgarlik ko‘rilayotgani hech kimga sir emas, albatta. Chunki bunday bayramlar milliy qadriyatlarga, milliy momolarimiz kiygan liboslarga bo‘lgan hurmat va e’tiborga chorlaydi. Disput so‘ngida talaba-qizlarga faqatgina omad, ishlariga va o‘qishlariga rivoj tilab qolindi.

TIQXMMI matbuot xizmati