"Suv - bu hayot!" posterlar tanlovi

Bugun ertalabdanoq, institutimizda 22 mart - “Butun jahon suv kuni”ga bag‘ishlangan, 5 kunga mo‘ljallangan “Suv va iqlim o‘zgarishi” shiori ostida tadbirlar boshlab yuborildi. BMT Bosh assambleyasining 1993 yili 22 fevraldagi 47/193 sonli rezolyusiyasi bilan “22 mart - Butunjahon suv kuni” deb e’lon qilinganidan boxabarsiz. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdir.

Ertalabki tadbirda institutimizning Qarshi filiali, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Samarqand davlat arxitektura institutidan kelgan talabalarning hamda Shayxontahur tumanidagi 23 - sonli san’at va musiqa maktabi o‘quvchilarining “Suv – bu hayot!” mavzusidagi posterlar ko‘rgazmasidagi faol ishtiroki barchamizni xushnud etdi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida respublika OTM talabalari uchun quyidagi muddatlarda tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

13-mart, soat 10:00-12:00 da “Suv – bu hayot!” mavzusidagi posterlar ko‘rgazmasi;

                       14:00-16:00 da “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda iqlim o‘zgarishini ta’siri” mavzusida bahs-munozaralarini o‘tkazish;

16-mart, soat 14:00-16:00 da “Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan foydala-nishning innovatsion uslublari” mavzusidagi intellektual o‘yinni

17-mart, 14:00-17:00 da “Suv va iqlim” mavzusidagi video filmlar tanlovi

18-mart, 12:00-13:00 da Suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi innovatsion texnologiyalar tanlovi

               14:00-17:00 da “Suv va iqlim o‘zgarishi” mavzusida Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan seminar.

TIQXMMI matbuot xizmati