Uch birlikning kuchi (Fan, ta’lim va ishlab chiqarish)
Xalqimizning bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar degan maqoli bor. Bu bejiz emas. Talabalarimizni shunday vaziyatlardan oson chiqishlari, yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib tasavvurga ega bo‘lishlari uchun institumizning "Gidromelioratsiya" fakulteti "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi professor o‘qituvchilari S.M.Qodirov, G.U.Jumaboeva va Q.Sh.Eshquvatovlar Daryo va suv omborlari gidrologiyasi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalarini
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Gidrometeorologiya xizmat markazi"ga tashrifini tashkillashtirishdi. Tashrif jarayonida talabalar asosiy yog‘in o‘lchash ishlarini olib boradigan maydoncha va undagi jihozlar, Gidrometeorologiya xizmat markazi muzeyi bilan tanishtirildi. Tanishuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ko‘plab savollar berishdi. Talabalar Muzey tarixiga oid daftarga o‘z imzolarini quyish bilan tashrifni yakunlashdi.
TIQXMMI matbuot xizmati