Miya faoliyatini rivojantiruvchi sport turi
Shunday sport turlari borki, unda insondan jismoniy kuch talab qilinmaydi. Shaxmat va shashka insondan faqat to‘g‘ri tafakkur qilishni va mantiqiy mushohada yuritishni o‘rgatadi. Shaxmat va shashka inson miya faoliyatini rivojlantiruvchi, diqqatni jamlovchi, estetik zavq ulashuvchi mashg‘ulot hisoblanadi. O‘z navbatida bu o‘yin kishini aqliy salohiyatini rivojlantirishi fanda isbotlangan.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni inntelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida GIM fakulteti dekanati va “Gumanitar fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda 2 TTJda 1- 2 kurslar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari shaxmatdan 102 - guruh talabasi To‘lqinov Javlonbek, shashkadan esa 103 - guruh talabasi Xoliqov Umid g‘olib bo‘ldi. Musobaqa ishtirokchilarga esdalik sovg‘a va kitoblar bilan taqdirlandi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati