40-tur “Olima ayollar grantlari”

Ilm-fanning jamiyat ravnaqidagi o‘ngu so‘l qanoti bor. Bu parvozning muhim bir qanoti ayollar ekanini inkor etish qiyin. Ma’lumingizkim, xotin - qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi tomonidan “Olima ayollar” klubi raisi dotsent U.Sangirova rahbarligida Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovining 40-turi bo‘yicha tanlov e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi  “Vebinar ma’ruza” o‘tkazdi.

Vebinar ma’ruzaga  R.Choriyev, B.Mayakubov va professor-o‘qituvchi ayollar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlar qatnashdilar. U.Sangirova  loyihalarni qay tartibda yozilishi, ularga qo‘yilgan talablar, ularning yechimlari va rasmiylashtirish hujjatlari kabi masalalarda ma’ruza qildilar. Shu bilan birga bitta namuna sifatida to‘liq loyihani tushuntirib berdi. Ayniqsa, ayollarning bu e’lon qilingan 40-tur innovatsion loyihalarining maqsadi, mazmun mohiyati, hujjatlari haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.

Chunki bu loyiha boshqa loyihalardan farqli o‘laroq me’yoriy hujjatlar kesimida soddaroqligi nuqtai nazaridan bu loyihani hamma ayollarimiz topshirish imkoniga ega ekani, shogirdlarni va talabalarni ham qamrab olish, shu bilan birga boshqa institutlardan hamkor olima ayollarni taklif etilishi va rahbar sifatida fan doktori, professorlar va nomzodlarni boshqa institutdagi kafedralardan taklif etish mumkinligi, shu bilan birga faqat ayollarimizni qamrab olish kabi masalalariga alohida  urg‘u berib o‘tdi. Bu Vebinar juda qiziqarli  bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki savol - javoblar juda ko‘p bo‘ldi. Savollarga U.Sangirova hamda B.Matyakubov  javob berib bordi.

Savol-javoblardan so‘ng institut “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” prorektori p.f.d R.Choriyev barcha imkoniyatlar ayollar uchun keng ekanligi, loyiha borasida institut rahbariyati ayollarni qo‘llab-quvvatlashi, bu borada bevosita har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishlarini qayd etib o‘tdi. Bu esa o‘z navbatida ayollarimizga loyihalar ustida yanada ko‘proq va chuqurroq kirishgan holda ishlashiga turtki bo‘ldi. Albatta, yurtimizda boshqaruv sohasida, ijtimoiy sohalarda ayollarimizning o‘rni yaqin uch yilda sezilarli darajada oshirildi, va quvonarlisi shundaki, ayollarimiz ilm-fan taraqqiyotida ham o‘zining mustahkam o‘rnini mana shunday olima ayollarimiz ko‘rsatib beradi. Ohirgi so‘z o‘rnida, loyiha topshirish muddati 15 - aprelgacha berilganligi, ungacha barcha fakultetlar kesimida ayollarimizning loyiha tayyorlab topshirishga imkoniyati  to‘g‘risida fikr yuritgan holda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi vebinarga yakun yasadi.

TIQXMMI matbuot xizmati