Qo‘shaloq bayram, qo‘shaloq to‘y

Yurtimizda mart oyi bayramlar oyi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, 21-mart Navro‘z bayrami hamda O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri   Abdulla Oripov 80 yilligi yurtimizda keng nishonlanishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan adibning ijod va hayot faoliyatini chuqurroq o‘rganish, talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda qiziqishini orttirish, mamlakatimizda milliy adabiyotimizga ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tibor so‘z san’ati fidoiylarining betakror merosini puxta o‘rganish, kitobxonlar safini yanada kengaytirish, yoshlarning yaxshi kitobga bo‘lgan mehrini tobora kuchaytirish  maqsadida 2021-yilning 12-mart kuni Adiblar xiyoboniga "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti jamoasi, talaba-yoshlarining tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hamda  "MA’RIFAT" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, iqtidorli shoir va publitsist Bobomurod Odilovlar, ishtirok etishdi. Ular Abdulla Oripovning barhayotligiga mezon bo‘luvchi qiziqarli ma’lumotlarni berdi.

TIQXMMI matbuot xizmati