Qadimiy Samarqandga sayohat
Mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillarini hayotga joriy etish, yosh avlod qalbida Vatanimiz tarixi, kelajagi uchun mas’uliyat hissini oshirish, shuningdek, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar muntazzam ravishda olib borilmoqda. Respublikamizning tarixiy qadamjolarini ziyorat qilish ota-bobolarimizdan yetib kelayotgan an’anadir.
Institutimiz rahbariyati qo‘llab-quvvatlashlari bilan “Gidromelioratsiya” fakultetining yoshlar ittifoqi faol talabalari, xotin-qizlar Kengashi a’zolari va guruh murabbiylari tomonidan Qadimiy Samarqandga sayohat tashkil etildi. Sayohatchilar tomonidan Samarqandning Registon maydoni, Ulug‘bek madrasasi va sobiq Prezidentimiz I.A.Karimovning yodgorliklari ziyorat qilindi. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand ta’rifiga til ojiz. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish uchun bu yerga, albatta, tashrif buyurish lozim.
Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi bo‘lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko‘rki, salobatidan hayratga tushdilar. Uning nafis go‘zalligini soatlab tomosha qildilar. Samarqand shahrining go‘zal va qadimiy qadamjolari talabalarimiz qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirdi. Bularning barchasi jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish, ma’naviy barqarorlikka erishishga munosib zamin yaratadi, yoshlarning ertangi kunga ishonchini oshirib, vatanparvarlik tuyg‘ulari hissini o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
TIQXMMI matbuot xizmati