Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda guruh murabbiylari bilan onlayn muloqot
2020 yilning 13 may kuni 14.00 da Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan institut murabbiylar kengashi raislari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda guruh murabbiylari bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Mazkur muloqotda pandemiya sharoitida professor-o‘qituvchilar va guruh murabbiylarining talabalar uy sharoitida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish holati, shuningdek, ularning moodle tizimiga ulanishiga guruh murabbiylarining mas’ulligi hamda karantin sharoitida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish yuzasidan o‘tkazilayogan “Oilam mening qo‘rg‘onim”, “Qishloq mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovlari hamda besh tashabbus yuzasidan OO‘MTVning talaba_VUZ24 kanaligi joylashtirilayotgan roliklar tahlil etildi. Institut murabbiylari yuqorida sanab o‘tilgan masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar oldilar.