Maktab o‘quvchilari TIQXMMIga qiziqish bildirmoqdalar
Nemis tiliga ixtisoslashgan 60-sonli maktab o‘quvchilari institutimizga tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilariga dastlab, “Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri” va undagi ilmiy faoliyat haqida ma’lumot berildi. Klasterda innovatsion texnologiyalar va xaftalik olib borilayotgan seminarlar maqsadi va mazmuni yoritib berildi.
So‘ngra, o‘quvchilarni D binoning laboratoriyalari va undagi zamonaviy gidrotexnik inshootlaridan foydalanish hamda ulardan real hayotda qo‘llanish ko‘lami haqida ma’lumot berildi. Navbatda Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan moliyalashtirilgan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasidagi suv resurslaridan avtomatlashgan tarzda foydalanishni ilmiy laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.
Magistrant E’zozning suvdan foydalanishda avtomatlashgan tizimdan foydalanishning ijobiy tomonlari atroflicha yoritib berildi. So‘nggida xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov maktab o‘quvchilariga institutning ta’lim, ilmiy va xalqaro faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Maktab o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi va institut rahbariyatiga uyushtirilgan TIQXMMI bo‘ylab sayr uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh. Raxmonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov