Faza loyihasi
Hamkorlikning samarasi va natijalari tomonlararo o‘zaro manfaatli ekani ahamiyatlidir. Xuddi shu yo‘nalishlarda qilinayotgan ishlar tahsinga loyiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida 2015 yil 30 iyunda imzolangan ikki tomonlama bitimga asosan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” IV faza loyihasi doirasida 12 oktyabr kuni Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan “Ekskovator-yuklagich simulyatori o‘quv trenajyoridan ta’lim jarayonida foydalanish” mavzusidagi seminar-treningda “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Atajanov Adiljon Usenovich “Ekskovator-yuklagich simulyator” o‘quv trenajyorining texnik tasnifi va tuzilishi to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ishtirok edi.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov