"FOOD WEEK UZBEKISTAN 2018”

Yutuq va kamchiliklarni ko‘rish, tanishish bobida ko‘rgazmalarga tashrifning ahamiyati beqiyos. Yangi g‘oya va yangi kashfiyotlarning natijalari va uning ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan bog‘liq harakatlar ham faollikni talab etadi.
2018 yilning 7-9 noyabr kunlari “Uzexpo” markazda “Food week Uzbekistan 2018” 23-Xalqaro oziq-ovqat va ichimlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 4-bosqich talabalari, “Agrosanoat majmui iqtisodiyoti” fani o‘qituvchisi dotsent R. Xakimov rahbarligida ko‘rgazmada ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada fan doirasida olingan bilimlarini amalda ko‘rgazma doirasida kuzatish orqali malaka hosil qilishdi.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov