Orasta qizlar – oila ko‘rki

Nozik jussalariga yarashgan, chiroyli milliylik ufurib turgan kiyimlarni kiyib olishgan, sochlari o‘zlariga yarashig‘lik turmaklangan qizlar oilamizning mahallamizning yurtimizning ko‘rki hisoblanadi. Joriy yilning 13 fevral kuni "Yer resurlarni boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizova va fakultet yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi Sh.Abduqodirovlar tashabbusi bilan “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda M. Turdiboyeva, A. Sanbetova, Z. Beknazarova, N. Safarboyeva va D. Murodovalar hakamlik qilishdi. “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi to‘rt bosqichda tashkil etildi. Unda fakultetning talaba-qizlarining eng faollari, hususan 3-kurs talabasi D.Jabborova, 1-kurs talabalaridan S.Ortiqova, L.Xamidullaeva, D.Ibragimova va A.Egamberdievalar – epchilligu chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda o‘zlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar. “Qizlar davrasi” da ishtirok etgan talaba-qizlar ko‘rik-tanlovning birinchi sharti – o‘zlarini tanishtiruvni qoyillatib bajardilar. Qizlarning notiqlik mahorati, she’riy satrlarni maromiga yetkazib ifoda etishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

 

Ikkinchi shart qizlarimizning bilim darajasini sinash maqsadida savollar beridi. Bilimli adabiyotga qiziquvchan qizlarimiz bu shartdan ham a’lo darajada o‘tishdi. Uchinchi shart– pazandalik bo‘yicha ham qizlar o‘zlarining bor mahoratlarini ishga soldilar. Taqsimchalarga solinib, chiroyli bezatilgan, biri-biridan mazali bahoriy salatlarning nomlanishi ham qizlarning yuksak dididan darak berib turardi. Salatlar uchun bir xil sabzavotlar va yarim fabrikatlar ishlatildi. Misol uchun, L.Xamidullayeva pomidor, bodring, pishloq, salat bargi va qaynatilgan mol go‘shtidan o‘ziga xos usulda tayyorlagan “Mehribonim” salati, D.Ibragimova ning “Kungaboqar” salati, A.Egamberdievaning “Antiqa” salati, S. Ortiqovaning “Yoqimli ishtaha”salati, D.Jabborovaning “Laylak uyasi” salati hakamlar hay’ati tomonidan yuksak baholandi. Ayniqsa, L.Xamidullaevaning mehr bilan tayyorlangan “Antiqa”salati mehmonlar uchun ham, oila tushligi uchun ham dasturxon bezagi bo‘la olishi e’tirof etildi.

To‘rtinchi shart erkin mavzu bo‘lib unda qizlarimiz o‘z iste’dodlaridan kelib chiqib, birlari ajoyib she’rlari bilan, go‘zal raqslari bilan yana birlari chiroyli qo‘shiqlari bilan barcha yig‘ilganlarni xushnud etishdi. Shundan so‘ng hakamlar hay’ati tomonidan “Qizlar davrasi”da ishtirok etgan “eng quvnoq qiz” deb D.Ibragimova, “Eng zukko qiz” nominatsiyasiga – S.Ortiqova, “Eng pazanda qiz” deb L.Xamidullaeva , “Eng mahoratli iste’dodli qiz” nominatsiyasiga D.Jabborova, “eng bilimdon qiz” nominatsiyasiga A.Egamberdieva munosib deb topildilar. Fakultet rahbariyati tomonidan esdalik uchun sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Bunday tadbirlar qizlarimizning har tomonlama barkamol, milliy urf-an’analarimizdan boxabar voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega, – deydi tadbirda so‘zga chiqqan fakultetimiz dekani Sh.Narbaev. – Qizlarimizning sharqona odobi, ibo-hayosi, momolar udumlaridan xabardorliklari ularning kelgusida yaxshi turmush o‘rtog‘i, oila bekasi, ona bo‘lib voyaga yetishlari, ular qurajak oila jamiyatimizning mustahkam poydevoriga munosib hissa qo‘shishidan darakdir.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov