Yil boshida osh dasturxoni
Аjdodlarimiz qadim-qadimdan xayrli ish oldidan ehson dasturxoni yozish udumiga amal qilib kelishgan. Аsrlar osha bizgacha yetib kelgan ushbu anʼanani davom ettirgan holda 2021- yilning 13-yanvar kuni yangi yil hamda anʼanaviy oʼqishning boshlanishiga shukrona tariqasida qishki taʼtildan qaytgan institutimiz talabalar turar joyida yashovchi talabalarga osh dasturxoni yozildi.
Mazkur xayrli ish institutimiz rektori Oʼ.Umurzakov tashabbusi bilan tashkil etildi. Ertalabdan barcha talabalar turar joylari hovlisiga doshqozonlar oʼrnatilib mohir oshpazlar tomonidan osh pishirish uchun harakatlar boshlab yuborildi. Bu jarayonda talabalar turar joyida yashovchi talabalarimiz ham faol ishtirok etishib oshpazlarga qoʼldan kelgancha oʼz yordamlarini ayashmadi.
Tadbir jarayonida institut rektori 5 muhim tashabbusning 5 tashabbusi doirasida talabalar turar joyida tashkil etilgan tikuv sexiga ham tashrif buyurdi. Mazkur sexda yaratilgan shart-sharoit, talaba-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan kiyimlarlarni atroflicha koʼzdan kechirib qoʼli gul tikuvchi qizlarimizga oʼz minnatdorchiligini izhor etdi. Shuningdek, mazkur tadbirda institut rahbariyati hamda fakulьtet dekanlari ham faol ishtirok etishib osh pishishi jarayonida talabalar bilan qiziqarli suhbat olib borishdi hamda talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, muammo va takliflari boʼyicha fikrlashdilar. Osh tadbiri juda qiziqarli va maroqli kechdi. Bu tadbirdan institut talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar juda juda xursand boʼlishib, institut rahbariyatiga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat
boʼlimi boshligʼi Z.Haydarov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati