Yaxshi sharoit va yangicha ta'lim - davr talabi
Xabaringiz bor, Respublikamizda bugungi kunda barcha sohalarda, tarmoqlarda katta islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ta‘lim oluvchi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham kun sayin yaxshilanib bormoqda. Buning isbotini yaqinda qaytadan, kapital rekonstruksiya qilinib, foydalishga topshirilgan Talabalar turar joylari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Buning uchun albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga minnatdorchilik bildiramiz. 2020-yil 13-fevral kuni Talabalar turar joyidagi yashovchi talabalarning sharoitlarini o‘rganish, yaratilgan imkoniyatlar samaradorligi bilan yaqindan tanishish hamda talabalar bilan suhbat o‘tkazish maqsadida institut rektori, ustozimiz Umurzakov O‘ktam Pardayevich tashrif buyurdilar. Tashrif davomida beshta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan tashkil etilgan, talaba-qizlar tikuv sexi faoliyati hamda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari faoliyati bilan tanishildi. Talaba-qizlar tikuv sexida ishlovchilar bilan suhbat olib bordilar va ularning amalga oshirgan ishlarini ko‘zdan kechirib, mavjud imkoniyatlar yuzasidan o‘z ko‘rsatmalari, tavsiyalarini berib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, institut rektori va talabalar suhbati tashkil etildi. Talalabalar rektor qabulida bo‘lib, o‘z savollarini, takliflarini bildirib o‘tishdi. Bildirilgan takliflar qabul qilinib, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorga rektor tomonidan tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikdagi topshiriqlar berildi. Ustozimiz talabalar bilan samimiy muloqot qilib, mana shunday uchrashuvlar davomli bo‘lishi haqida ta‘kidlab, o‘qish va ilm olishda, barcha sohalarda talabalar tashabbuskor bo‘lishi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Talabalar turar joylarini markazlashgan holda o‘rganish chora-tadbirlari amalga oshirilayotgan edi. 14-fevral kuni 4 - Talabalar turar joyi magistratura bo‘limi magistrantlarining shart-sharoitlarini markazlashgan holda o‘rganish ishlari boshlanadi. Barchani taklif qilamiz.
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov