“BMKB-Agromash” AJga tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish hamda Institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan, ya’ni Institutda talabalarni 5+1 (besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430200-Qishloq xo‘jaligida elektrlashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 303(r)-guruh talabalarini, 2020 yilning 13 fevral kuni “ET va EJF” kafedrasi dotsenti T.Bayzakov “BMKB-Agromash” AJ korxonasiga olib borib “Ishchi kasbni egallash” va “Elektr yoritish va nurlatish” fanlaridan mutaxassislar bilan birgalikda “Elektr avjlantirgich” bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga mutaxassislarda yetarlicha javoblar olishdi.
“ET va EJF” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov