Erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi tadbirlarda xotin-qizlarning o‘rni
Ma’lumki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida, 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Aynan bunday festivallar butun respublika miqiyosida o‘tkazilib kelinmoqda. Shular qatorida barcha OTM professor-o‘qituvchilari va jamoat tashkilotlari ham bunday tadbirlarni o‘zlarining faol mehnatlari va bo‘lajak kadrlarni tayyorlashdagi faolliklari bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ayniqsa, institutimiz xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashlari tomonidan ayol professor-o‘qituvchilar va barcha talaba qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari tahsinga sazovordir. Negaki u kungi dolzarb masalalar bo‘yicha oliy ta’lim tizimida o‘ziga xos hissalarini qo‘shib kelmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining xotin-qizlar kengashi raisi Xoliqova Nargiza Abduvalievna tashabbusi bilan o‘tkazildi. Yangi O‘zbekistonda ''Erkin farovon yashaylik'' shiori ostida olib borilayotgan ma’naviy va ma’oifiy ishlarda ayollarning hsssasi mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Bu vebinarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent Davlat iktisodiyot universiteti rektor maslahatchisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Madhiyasi muallifi, O‘zbekiston milliy gvardiyasi qo‘mondonligi Madhiyasi muallifi Anvar Mirzo taklif etildi. Shu bilan birga institut ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Z.Ismailovalar va barcha institut xotin-qizlari ishtirok etishdi. Bu tadbir yoshlarga va xotin-qizlarga Vatanga muhabbat to‘yg‘usini oshirish, insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik hamda ilm o‘rganib mehnatsevarlikka undovchi she’riy mavzular orqali fikr almashishga imkon yaratdi. Tadbir juda ko‘taringki ruhda o‘tdi.
Tadbir davomida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xoliqova tomonidan fakultet xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilib o‘tildiki, bugungi kunda “Erkin va farovon yashaylik” shiori ostida olib borilayotgan ma’naviy va ma’rifiy ishlarda ayollarning hissasi qanchalik katta ekanligi e’tirof etildi. Bunda N.Xoliqova bugungi ayollarimizni Respublika va xorijiy davlat jurnallaridagi chop etib borayotgan maqolalari, nashr ettirib kelayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqot natijalari asosidagi olingan patentlari va qizlarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar ayniqsa R. Yigitalievaning Prezident stipendiyasiga erishganligi va yana bir qator yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Bu esa bugungi institutimiz xotin-qizlar, ya’ni bitta fakultet kesimidagi erishilgan natijalar va yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohalarga ayollarimizning qo‘shayotgan xissasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday tadbirlar barcha fakultetlar kesimida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni yutuqlari haqida yana fikr yuritib boriladi.
TIQXMMI matbuot xizmati