Mahalla-bugun va kelajakni tutashturuvchi maskan
«Mahalla» atamasining kelib chiqishi ham uzoq tarixga borib taqaladi va u arabcha so‘z bo‘lib o‘zbek tilidagi «joy» ma’nosini bildiruvchi «mahallun» so‘zidan kelib chiqqan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarida atalib kelingan. Ammo mahalla nafaqat tarix, balki bugungi va ertangi kunimizni ham tutashtirib turuvchi maskan hisoblanadi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani,
“Mirzakalon Ismoiliy” mahallasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mahalla yoshlari sport to‘garaklaridan unumli foydalanib kelmoqda. Yoshlarning sport musobaqalariga keng jalb qilinishi natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik kabi holatlar keskin kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga mahalla milliyligimiz timsoli hamda qadryatlar va urf-odatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi ijtimoiy makon sifatida, o‘zligimizni anglashga, milliy g‘urur va vataparvarlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. Mahallaning nufuzini oshirish nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki tarbiyaviy va ulkan ma’naviy masala ekanligi ustuvor vazifa sifatida belgilanib, uning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ishonchli tayanchi hamda ta’sirchan kuchi bo‘lib xizmat qilishiga zarur shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti ” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati