Hayoti hikmat, ijodi ibrat

 Xalqimizning tinch, toʼkin va barqaror hayoti, yorugʼ kelajagi yoʼlida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir. Аna shunday ijodkorlardan biri oʼzbek shoiri va jamoat arbobi, Oʼzbekiston qahramoni, Davlat madhiyamiz matnining muallifi Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripovga bagʼishlab, “Shoir bosib oʼtgan hayot yoʼli va ijodiga bir nazar” mavzusida ZOOM platformasi orkali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Bugun soat 11.00.da boshlangan Onlayn-tadbirga fakulьtet dekani Sh.Narbaev va Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini X.Eshova moderatorlik qildi. Tadbirda fakulьtetning professor-oʼqituvchilari, talabalar va sheʼriyat muxlislari, xohlovchilar, hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi direktori, el ardogʼidagi shoir Muhammad Ismoil tadbirimiz mehmoni sifatida ishtirok etishdi.

Аbdulla Oripov ijodi zamonaviy oʼzbek adabiyotining yorqin sahifalaridan birini namoyon etadi. Uning sheʼrlarida insonning chuqur ruhiy dunyosi va xalq tarixi tahlil etiladi, - deydi shoirning shogirdi Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi direktori, el ardogʼidagi shoir Muhammad Ismoil. Shuning uchun ham ular 1998 yilda “Oʼzbekiston qahramoni” unvoniga musharraf boʼlganligini eʼtirof etib oʼtdi. Аbdulla Oripovning dastlabki sheʼrlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin oʼz oʼrnini falsafiy mushohadalarga boʼshatib, shoirning hayotda roʼy berayotgan voqea va hodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu maʼnoda «Tilla baliqcha», «Qoʼriqxona», «Genetika», «Olomonga» kabi sheʼrlar Oripovning lirik sheʼriyat ufqlarini hayot muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak beradi dedi u. Biror-bir davra yoʼqki, uning sheʼrlari yangramagan boʼlsin. Har kuni madhiya bilan uygʼonamiz, madhiya bilan uyquga ketamiz. Ustoz xalqimiz qalbidan oʼzining bebaho ijodi, oʼtli satrlari, olmos fikrlari bilan oʼrin olgan ijodkor. Аbdulla akaga nasib etgan baxt, martaba hamma ijodkorlarga ham nasib qilavermaydi. Xoʼsh, bugun bizning ustozimiz oldidagi vazifamiz nima? Аyniqsa, yoshlarning vazifasi nima, degan savollarga shunday javob berish mumkin. Аbdulla Oripov sheʼrlaridagi mazmun-mohiyatni, hikmatni chaqish kerak, kelajak avlodlarga bu bebaho merosni bus-butun yetkazish kerak.  Аytish joizki, oʼzbek xalqining milliy oʼzligini anglash, mustaqillik uchun kurashlarida Аbdulla Oripov sheʼriyati alohida oʼringa ega. Muhabbat, ona, hayot, mehr, istiqlol, ezgulik kabi turli mavzularni qamrab olgan adib sheʼrlari inson qalbini larzaga solmay qoʼymaydi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Qarshi shahri markazida Аbdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib oʼqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining faoliyat boshlagani, maktab xiyobonida shoir haykali qad rostlagani, shuningdek, maktab negizida adibning barcha asarlari va boshqa ijodkorlar kitoblaridan iborat kutubxona va muzey tashkil etilgani adib xotirasiga mehhrli ehtirom nishonasidir deb talaba-yoshlarga maʼlumot berib oʼtdi. Shuningdek, tadbirda soʼzga chiqqanlar, "Erdan foydalanish" kafedrasi mudiri А.Bobojonov, institutimiz matbuot kotibi R.Jumaniyozovlar oʼzlarining shoir haqidagi iliq fikrlari hamda, shoir ijodidan sheʼrlar oʼqib barcha yigʼilganlarni xushnud etdilar. Shuningdek, talabalarimiz ham shoir ijodidan sheʼrlar oʼqishdi. Tadbir juda qiziqarli va taassurotlar boy boʼldi. Ushbu tadbirni tashkil etgan tashkilotchilarga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

                  TIQXMMI Matbuot xizmati