Jahon bankining yetakchi olimlari bilan onlayn uchrashuvi
Jahon bankining yetakchi olimlari, jumladan Uilьyam Yang (CAWEP rahbari), Аzad Аbduxamid (suv resurslarini boshqarish boʼyicha yetakchi mutaxassis), Xayri Аlь-Djamal (suv resurslarini boshqarish boʼyicha yetakchi mutaxassis), Shavkat Raxmatullaev (suv resurslarini boshqarish boʼyicha bosh mutaxassis), Togjan Аlibekova (suv resurslarini boshqarish boʼyicha mutaxassis) bilan “Markaziy Osiyoda suv-energetika dasturi doirasida suv resurslari xavfsizligini oshirish va iqlim oʼzgarishiga moslashishga oid masalalar boʼyicha vakillar bilan fikr-mulohazalar almashish” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda TIQXMMI rektori, prof. U.Umurzakov, 1chi prorektor B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektor А.Salohiddnov, GM fakulteti dekani А.Fatxulloev, "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi mudiri I.Begmatov, "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedra mudiri А.Karimov, GTQ kafedra mudiri M.Bakiyev, PKQT va UMOT markazi direktori Gʼ.Bekmirzayev va Xalqaro hamkorlik boʼlimi boshligʼi Sh.Raxmonov ishtirok etishdi. Uchrashuvni TIQXMMI rektori, professor Oʼ. Umurzakov institut xodimlarini tanishtirish bilan ochib berdilar. Oʼz navbatida Jahon banki nomidan Uilyam Yang ham mutaxassislarni tanishtirgandan soʼng, Oʼzbekistonda suv resurslarini boshqarish borasida olib borilayotgan mintaqaviy va mahalliy ishlar koʼlami yuzasidan fikr-almashishdi. Suv xoʼjaligida olib borilayotgan ishlar koʼlami jadal surʼatlarda olib borilayotgani va yanada mintaqaviy suv muammolarini hal etishda kompleks koʼriniishda amalga oshirish, shu jumladan, suv xoʼjaligi xodimlarini malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʼtildi. Uchrashuv iliq va muzokaralarga boy tarzda oʼtdi. Jahon banki TIQXMMIga kelgusida yanada koʼproq loyihalar jalb etilishini taʼkidlab, institutning Oʼzbekiston Respublikasi suv xoʼjaligida tutgan oʼrni beqiyos ekanini eʼtirof etdi. Shu asnoda onlayn uchrashuv yakunlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati