Nafosatli bo‘lish farz, nazokatli bo‘lish qarz
Dunyo go‘zallik qonunlariga binoan quriladi degan buyuk hikmatni bilamiz. Ma’naviyatgia olamni qutqaradi. Olam sarvari bo‘lgan odam ham ana shu qonunlarga bo‘ysungan holda, uning yurish - turishi, nutqi va xulqi, qalb-u qiyofati ham nafosatga yo‘g‘rilgan bo‘lishi kerak. Bu esa chinakam madaniyatlilik belgisi. 14 - sentyabrda institutning ilmiy anjumanlar zalida 1-bosqich talaba qizlari bilan birgalikda umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut dotsenti R. Jumaniyozov ochib berdi. Yig‘ilishda QSXET, GTQ, GIM, GM, YeRB fakultetlarining talaba qizlari va M.Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi xodimi A.M.Berdiev, "Gumanitar fanlar" kafedrasining mudiri, professor Shohistaxon O‘ljaeva va fakultetlar xotin-qizlar kengashlarining raisalari faol qatnashdilar. Professor Sh.O‘ljaeva va G.Xudayberdievalar so‘zga chiqib, 1-bosqich talabalarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talaba qizlarga institutning ichki tartib intizomi, odob-axloq, va kiyinish madaniyati to‘g‘risida, undan tashqari auditoriyalarda o‘zlarini madaniyatli tutishlari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Savol va javoblar ruhida o‘tgan ushbu tadbir jonli muloqot zamiriga qurilgani bilan xarakterlandi.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Xafizova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov