Bag‘rikenglik mehridaryolikdir

Yurtimiz jannatmakon quyoshli o`lka. Bunday zaminga bayramlar, quvonch va baxtga to`lgan insonlar yarashadi. Yurtimizda bugungi kunga kelib ko`plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bularning ro`yobini esa his qilmay, sezmay qolish mumkin bo`lmasa kerak. Hozirgi kunga kelib yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu o`rinda  voyaga yetmagan boquvchisini yo`qotgan yoshlarga ham berilayotgan imkoniyatlar, ularning yashashlari, bilim olishlari uchun yaratilgan qulayliklar havasimizni keltirmay qolmaydi.

Joriy yilning 11 oktabr sanasida Institutimizning “Gidromelioratisya” fakultetida tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli  talabalari ham huddi shunday imkoniyatlarga boy o`z chempion, bilimdonlariga ega bo`lgan Chirchiq shahar 14-sonli mehribonlik uyiga tarbiyalanuvchi yoshlarning oz bo`lsada ko`ngillarini ko`tarish, ular bilan qiziqarli badiiy kecha tashkil qilish maqsadida tashrif buyurdilar. “Polaponlarning” ko`zlaridagi quvonch, bizning ham ko`nglimizni ko`tardi.

Bunday ishlarning zamirida xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr- muhabbat, bag`rikenglik yotadi. Bu shunchaki tashabbus emas, bu an`ana odat. Chunki o`spirin yoshning yuzidagi kulgusini, ko`zidagi mehr-u quvonchini ko`rgan, o`sha kulguning sababchisi bo`lganligini his qilgan inson hech qachon bunday tashabbuslardan chetda qolishni xohlamaydi. Quvoch to`la ko`zlarni sizga ham ilindik, azizlar. Zero, savob ishni har kim, har kun qilish kerak!!!

Manzirboyev Ulug`bek magistratura 1-bosqich talabasi axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov