Foydali, mazmundor muloqot
Islom Karimov nomidagi jamoat xayriya fondi raisi Abror Xusanovich tashrif buyurdi. Yig‘ilishga yer va suv sohasiga oid barcha yo‘nalishlarning bitiruvchi bosqich talabalari qatnashdi. Tashrif jarayonida Abror Xusanovich Islom Karimov nomidagi fondning tashkil etish tarixi, maqsadi va vazifalari xususida batafsil yoritib berdi. Fond vakili Nargiza xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida magistraturada tahsil olish uchun tanlovda ishtirok etish shart-sharoitlari, talab va qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda, Germaniya, Shveysariya, Fransiya kabi davlatlarda joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz hayoti va o‘qishi to‘g‘risida taqdimot qilindi. Tanlov uchun hujjatlarni 15 oktyabrdan qabul qilinishi aytib o‘tildi. Qatnashgan talabalar qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Barcha savollarga aniq va to‘liq javob berildi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov