Erasmus+ DSinGIS loyihasining oktyabr oyiga rejalashtirilgan onlayn boshqaruv yig’ilishi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 5 oktyabr kuni Zoom platformasida Erasmus+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasining navbatdagi boshqaruv onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda loyihaning Vengriya (Obuda universiteti, OU), Avstriya (Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, PLUS), Germaniya (Leybnis O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institute, IAMO) hamda O’zbekistondagi (TIQXMMI, O’zMU, QDU, TAQI, SamDAQI) hamkorlari ishtirok etdilar. Yig’ilishni loyiha koordinatori Lorant Foldvary boshqarib bordi.
Yig’ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- WP1. Loyiha boshqaruvi masalalari (co-financing, loyihaning so’nggi ko’rib chiqish yig’ilishi);
- WP3. O’quv materiallarini yaratish (Xatoliklar nazariyasi moodle kursining yaratilish holati; moodle kurslari bazasini Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti serveridan TIQXMMI serveriga o’tkazish; yaratilgan moodle kurslarini pilot test qilishning 2-bosqichini boshlash);
- WP4. Ta’lim infrastrukturasini shakllantirish (Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi uchun jihozlar sotib olish bo’yicha tender o’tkazish; Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi ustavi va Biznes model);
- WP5. Geofazoviy atamalar glossariysi (garmonizatsiya rejasi va tasdiqlash jarayoni);
- WP6. Malaka oshirish (PhD talabalarning Yevropada tahsil olishlari, Geoinformatika bo’yicha yozgi maktab);
- WP7. An’anaviy ilmiy konferensiyalar (Geoinformatika bo’yicha GI2020 Xalqaro konferensiyasi);
- WP9. Loyihani tarqatish va natijalardan foydalanish (NEO nashri uchun maqolalar tayyorlash) va boshqa turli masalalar.
Yuqorida ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha mas’ullarning hisobotlari eshitilib, keyingi vazifalar belgilab berildi va yig’ilish bayonnomasiga kiritildi.
Yig’ilishda TIQXMMIdan loyihaning O’zbekistondagi milliy koordinatori, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov hamda loyihaning O’zbekistondagi milliy menejeri, Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri rahbari Mamanbek Reimov ishtirok etib, tegishli masalar bo’yicha ma’lumot berib, o’z fikrlarini bildirdilar.
Ilhom Abdurahmanov O’zbekistondagi Erasmus+ offisi tomonidan chop etiladigan “Erasmus+ in Uzbekistan - 2020” nashriga loyiha a’zolari tomonidan loyiha natijalari asosida tayyorlangan quyidagi 5 ta maqola ko’rsatilgan manzilga yuborilganligini aytib o’tdi:
- Project Management, Quality Enhancement and Dissemination in the DSinGIS project.
- Curriculum and e-Learning courses for GI doctoral studies in Uzbekistan: Development and Implementation on the Example of the DSinGIS project.
- Development of Knowledge Pool in Geoinformatics within the DSinGIS project.
- Exchange scholarships to European research institutions in the frame of the DSinGIS project.
- Glossary of Geospatial terms in Uzbek.
Shuningdek, loyiha doirasida O’zbekistondagi hamkor OTMlarda ochilgan yangi “11.00.07 – Geoinformatika” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga 2021 yil uchun TIQXMMIga 3 ta, O’zMU, TAQI va SamDAQIga 1 tadan kvota ajratilganligi va hujjatlar qabul qilinayotganligi haqida ma’lumot berildi. Loyiha to’g’risidagi batafsil ma’lumotni loyihaning quyidagi rasmiy veb-sahifasidan olishingiz mumkin: www.dsingis.eu
TIQXMMI Matbuot xizmati