“Xalkaro xamkorlik – ta’lim tizimini rivojlanishining asosiy mezonidir”
Oliy ta’lim tizimining hozirgi holatini baholash, oliy ta’lim muassasalari va mehnat bozorlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, mintaqalarda tayorlanayotgan kadrlar tarkibi, saviyasi, sifatining mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Parlamentga Murojaatnomasida oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish, universitetlar nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish, nufuzli xorijiy institut hamda universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayѐrlash ko‘lamini kengaytirish, aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 15 foizdan 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda ushbu ko‘rsatkichni oshirib borish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 3775-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash oliy ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini va samaradorligini oshirishga hamda uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda, ya’ni xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish va ularning moddiy texnika bazasi bilan tanishish ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha xamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Professional ta’lim va jismoniy madaniyat kafedrasi tashabbusi bilan Gersen nomidagi Peterburg Pedagogika universiteti rektori Popov Vasiliy Aleksandrovichning "Innovatsii v obrazovanii" mavzusida "Ochiq ma’ruza"si o‘tkazildi. Ma’ruzada institut professor o‘qituvchilari, magistrlar hamda bakalavriyat talabalari qatnashdilar. Uchrashuvdan asosiy maqsad hamkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish tizimini yanada takomillashtirishni ta’minlash hamda talabalarga berilgan ulkan imkoniyatdan foydalanish sharoitlarini yanada kengaytirishdan iborat. Uchrashuv institut ZOOM platformasi orqali xam barchaga xavola etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati