Moskvalik mutaxassis ma’ruzasi

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti i.f.n., f-m.f.n., yu.f.n., dotsent Sidorenko Vladimir Nikolayevich bugun 13 noyabr kuni Iqtisodiyot kafedrasiga tashrif buyurdi. Iktisodiyot kafedrasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan o‘zaro xamkorlik o‘rnatish va ushbu doirada o‘quv va ilmiy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy ma’ruzalar tashkil etilishi kelishib olindi. Shu munosabat bilan Sidorenko Vladimir Nikolayevich “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba va professor-o‘qituvchilarga “Raqamli qishloq xo‘jaligi”, “Yashil iqtisodiyot” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi jahon tajribasi asosida raqamli iqtisodiyotni dolzarbligini, rivojlanish darajasini, tarmoqlarni innovatsion rivojlanishdagi o‘rnini taqdimot qilib berdi. Raqamli qishloq xo‘jaligi dexqonchilik va chorvachilik sohalarida jahon misolida o‘z aksini topganligini tasvirlab berdi. Qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyot asosida ishlab chiqarishda, tijoratlashtirishda katta imkoniyatlar yaratadi va vaqtni tejaydi. Lekin milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda elektron texnologiyalarni yanada rivojlantirish bu sohani rag‘batlantirishga bog‘liqligini o‘z ma’ruzasda keltirib o‘tdi. Ma’ruzachi jahon bo‘yicha va shu qatorda O‘zbekistonda “yashil iqtsodiyotni” rivojlanishi, uning asosiy maqsadi, vazifalari, yo‘nalishlariga ham ahamiyat berib o‘tdi. Bu esa o‘z o‘zidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi 2019-2020 yillar davrida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi belgilangan va uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent U.Sangirova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov