Yoshlar Haftaligi 2019" 2-kuni sport musobaqalari qanday o'tdi? Natijalar, jarayon va ishonch!!!
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda institutning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "Yoshlar haftaligi - 2019" loyihasi 2-kuni 2-tashabbus sport tadbirlari kuni deb nomlandi hamda institut fakultetlaridan ko'plab yigit-qizlarni o'z atrofida musobaqalar orqali birlashtirdi. Bugun bo'lib o'tgan sport musobaqalari natijalari quyidagicha:
Qizlar o'rtasida fakultetlararo sportning stol tennisi bo'yicha musobaqa natijalari:
1-o'rin SXTE va B fakulteti talabasi Doniyorova.X
2-o'rin QXM fakulteti talabasi Orziyeva.K
3-o'rin QXM fakulteti talabasi Tojiboyeva.G
Kunning eng ajoyib sport musobaqasi qizlar o'rtasida fakultetlararo futbol musobaqasi natijalari:
1-o'rin YRB fakulteti talaba-qizlari jamoasi
2-o'rin GM fakulteti talaba-qizlari jamoasi
3-o'rin QXM fakulteti talaba-qizlari jamoasi
Sportning Basketbol turi bo'yicha yigitlar o'rtasida fakultetlararo bo'lib o'tgan qizg'in kurashlarga boy bo'lgan musobaqa natijalari:
1-o'rin SXTE va B fakulteti talaba-yigitlari jamoasi
2-o'rin GM fakulteti talaba-yigitlari jamoasi
3-o'rin GIM fakulteti talaba-yigitlari jamoasi
Qishki olimpiada o'yinlarida uchrab turadigan va shahrimizning parklarida ham bor bo'lgan barcha yigitlar yoqtiradigan TIR otish o'yini natijalari (yigitlar o'rtasida):
1-o'rin SXTE va B fakulteti talabasi Rahmonnazarov Mahmudali (47 ochko)
2-o'rin SXTE va B fakulteti talabasi Valijonov Hakimjon
3-o'rin YRB fakulteti talabasi Jo'raqulov Azim
Talabalar taklifiga binoan, Talabalar oshxonasida qizlar va yigitlar o'rtasida EATING TIME musobaqasi natijalari:
Yigitlar o'rtasida:
1-o'rin GM fakulteti talabasi Arziqulov Dilshod
2-o'rin QSXET fakulteti Xabibullin Amirjon
3-o'rin QXM fakulteti talabasi Ma'rufov Elbek
Qizlar o'rtasida:
1-o'rin SXTE va B fakulteti talabasi Shomurodova Maftuna
2-o'rin GM fakulteti talabasi Hamroyeva Shaxnoza
3-o'rin GIM fakulteti talabasi Isakova Madina.
Talabalarimiz bugun o'z vaqtini sport tadbirlariga baxshida etdi va bundan afsusda emaslar. Zeroki, bu harakat rihiyat va kayfiyatning ko’tarinki bo’lishiga sabab bo’ldi.
Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov