Ananaviy ta'lim boshlanishidan oldin institut jamoasining onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi
Taʼlim tizimining samarasi va natijasi muhim masala. Pandemiya sharoitida bir muncha murakkabliklar tugʼilgani sir emas. Onlayn tizimda imkoniyat va sharoitdan kelib chiqqan holda dars mashgʼulotlari olib borildi. Endilikda oflayn tizimga oʼtish ham kundalik mavzuga aylangani bejiz emas. Barchasi taʼlim sifati va samarasi uchun harakat.Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy telegramm sahifasida eʼlon qilingan "Respublika komissiyasining 2020- yil 12- noyabrdagi yigʼilishi qaroriga muvofiq barcha oliy taʼlim muassasalarida joriy yilning 16- noyabridan oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida oʼquv jarayonini anʼanaviy shaklda davom ettirish belgilandi" xabar munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda institut jamoasi ishtirokida 2020- yil 14- noyabr soat 16:00 da onlayn yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda barcha prorektorlar, filiallar direktorlari, fakultet dekanlari, boʼlim va markaz boshliqlari (TTJ barcha hodimlari, ishlar boshqarmasi, buxgalteriya, institut shifoxonasi hodimlari va boshqalar toʼliq holatda), dekan muovinlari, kafedra mudirlari hamda barcha professor-oʼqituvchilar ishtirok etishdi.
Institut rektori, professor Umurzakov Oʼktam Pardaevich oʼquvning oflayn tizimda boshlanishida gigenik qoidalarga toʼla rioya etilishi zarurligini taʼkidlab oʼtdilar. Institutning barcha masʼul rahbarlariga nazoratni kuchaytirish yuklandi. Аyyor virusdan har damda, har qadamda ogoh boʼlish kerakligi qayd etildi. Xodimlar boʼlimi, Monitoring va ichki nazorat boʼlimi, Oʼquv-uslubiy boshqarma boshliqlari ishtirokchilarni kirishi haqida monitoring olib borishi hamda institut rahbariyatiga tizimli ravishda maʼlumot taqdim etishi alohida uqtirildi. Yigʼilish yakunida institut rektori onlayn tarzda yoʼllangan savollarga javob berdi.
TIQXMMI matbuot xizmati