"Eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar

Institut rektorining 2019 yil 13 avgustdagi 776 A/F – sonli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini yuksaltirish, ularning yangi innovatsion texnologiyalarga qiziqishlari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ilmiy izlanishning mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov, institut bosh xisobchisi I.Xasanov, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Sarimsoqovlar ishtirok etishdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra talabalar quyidagicha baholanishdi.

a) “Suv resurslari, atrof-muhit muhofazasi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” mavzusi bo‘yicha:

1-o‘rin – “Yopiq gorizontal drenaj transheyasidagi gruntni zichlashning laboratoriya sharoitidagi tadqiqotlari” mavzusi uchun, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” yo‘nalishi 1 kurs magistranti Vafoev Rustam Safo o‘g‘li - 1 million (bir million) so‘m miqdorida;

2-o‘rin – “Qishloq hududlarini rivojlantirish maqsadida tomchilatib sug‘orishning shakli” mavzusi uchun, “Gidromelioratsiya” fakul’teti 3-kurs talabasi Turdiev Akbarali Usmon o‘g‘li - 800 ming (sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida;

3-o‘rin – “Qiya tutqichli chizel yumshatkichning innovatsion qurilmasi” mavzusi uchun, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” yo‘nalish 2 kurs magistranti Yusupov Furqat Farxod o‘g‘li-500 ming (besh yuz ming) so‘m miqdorida;

b) “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.

"Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minoti” mavzusi bo‘yicha:

1-o‘rin – “Avtomatizirovannaya sxema upravlenie povtornogo vklyuchenie nasosnogo agregata” mavzusi uchun,“Qishloq va suv xo‘jaligi enyergiya ta’minoti” fakulteti 3-kurs talabasi O‘zganboeva Muhabbat Sharifjon qizi - 1 million (bir million) so‘m miqdorida;

2-o‘rin – “Programming of Omega 328 microcontrollyer for remote monitoring of watyer quality” mavzusi uchun, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” assistenti Ozodov E’zoz Oybek o‘g‘li - 800 ming (sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida;

3-o‘rin – “Sxema upravleniya nasosnogo agregata s odnoy knopkoy” mavzusi uchun, “Qishloq va suv xo‘jaligi enyergiya ta’minoti” fakulteti 3-kurs talabasi Otabekov Muhammadsoli Akbar o‘g‘li-500 ming (besh yuz ming) so‘m miqdorida;

v) “Yer va suv resurslarini samarali boshqarish va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha:

1-o‘rin – “Suv resurslarini samarali boshqarish va qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikka yerishishda zamonaviy texnologiyalar” mavzusi uchun, “Menejment” yo‘nalish 1 kurs magistranti Xoliqulov Muhammad Abdurasul o‘g‘li-1 million (bir million) so‘m miqdorida;

2 - o‘rin – “Yer fondi divyersifikatsiyasini iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni” mavzusi uchun, “Yer rusurslarini boshqarish ” yo‘nalishi 2-kurs magistranti Maxsudov Muhammadbek Dilshodbek o‘g‘li- 800 ming (sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida;

3 - o‘rin – “Эффективное управление водными и земельными ресурсами и их организационно-экономический механизм” mavzusi uchun, “Suv xo‘jaligini tashkil eti va boshqarish” fakulteti 2-kurs talabasi Israilova Dilshoda Abduraxim qizi - 500 ming (besh yuz ming) so‘m miqdorida taqdirlandilar.

Talabalarga faxriy yorliqlar va moddiy rag‘batlantirishning ramziy cheklari topshirildi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi Dilmurod Akbarov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov