Siyosiy jarayon talabalar nigohida

2019 yil 22 dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston. Yangi saylovlar” g‘oyasi asosida o‘tadigan saylov jarayoni bilan tanishish maqsadida "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining 406 guruh talabalari 730 saylov uchastkasiga 2019 yil 13 dekabr kuni tashrif buyurishdi.

Saylov uchastkasi a’zolari talabalarga saylov uchastkasida olib borilayotgan ish jarayoni, saylovga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tish bilan bir qatorda, bu yilgi o‘tkazilayotgan saylov oldingilardan farqli tamoyillarini tushuntirib o‘tishdi.

Jumladan:

1.Saylov kodeksi asosida o‘tkazilishi;

2.Beshta siyosiy partiyadan 150 ta deputatlik mandatlari uchun raqobatga kirishishi.

3. Saylov jarayonini nazorat qilish bo‘yicha 5 ta partiyadan, e buning ustiga, u yerda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, nomzodlarning ishonchli vakillari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar, xorijlik va mahalliy jurnalistlar bular kamida yetti sakkiz kishi ovoz berish jarayonini boshdan-oxir sinchkovlik bilan kuzatib borishi;

4. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafarga, viloyat kengashi deputatligiga nomzod 5 nafarga, tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod 3 nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqliligi;

5.18 noyabrdan saylov oldi tashviqotiga kirishilganligi;

6.Ilk bor joriy etilayotgan Saylov jarayonlarini boshqarishning axborot texnologiyalari va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllanganligi;

7. “Saylov2019” mobil ilovasining ishlab chiqilganligi, bu orqali saylovchilarni qiziqtirgan ma’lumotlarni topish imkoniga ega ekanligi.

8.Oltmishta saylov uchastkasiga o‘rnatilgan videokameralar saylovchilarning ovoz berish jarayonini onlayn rejimida Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbubot markaziga va butun dunyoga uzatib turilishi. Bu kameralar Qoraqalpog‘istonning uzoq Mo‘ynoq tumanidagi “Aral”, “Tallio‘zak” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 360 va 362-saylov uchastkalaridan to poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Al-Forobiy nomli mahalla fuqarolari ovoz beradigan 166-saylov uchastkasigacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab olganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.

Hamda talaba yoshlar va Mirzo-Ulug‘bek maxala fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatligiga, Toshkent shahar kengashi va Yunusobod tumani kengashi deputatligiga nomzodlar bilan uchrashuvda qatnashishdi. Talabalar 5 ta partiyaning saylov oldi dasturi bilan to‘liq tashishiga hamda deputatlikka nomzodlar tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalar bilan yaqindan tanishishga erishishdi. Saylov jarayonining borishi va deputatlikka partiyalardan berilgan nomzodlar bilan uchrashuv jarayonida bir qator savol-javoblar qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tdi.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi prof.v.b. Matyakubov B.Sh.axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov