Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihasini rasmiylashtirish, yerga egalik qilish huquqini beruvchi davlat aktini tayyorlash va topshirish
Bugun 14 dekabr 2018 yil 08.30 da 5410700-yer tuzish va yer kadastri taʼlim yoʻnalishi 3 bosqich 7-guruxga talabalariga “yer tuzish” fanidan ochiq amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotni Yerdan foydalanish kafedrasi assistenti Usmonov Yusuf Aliqulovich oʻtib berdi. Dars avvalida oʻqituvchi talbalarga “Yer kodeksi”ning 33 moddasida keltirilgan Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar haqida tushincha berdi:
-yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
- yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati
- yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi
- yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasidir.
Shundan soʻng ushbu hujjatlarda yer uchastkasi qaysi huquqqa asosan berilganligi, yer uchastkasidan foydalanishning belgilangan maqsadi, uni oʻzlashtirish muddati, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlar koʻrsatilishi, guvohnomaga yer uchastkasining chegaralari chizmasi (plani) ilova qilinishi haqida toʻliq maʼlumot berdi. Xujjatlar naʼmunalri bilan har bilan talaba tanishib chiqdi.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti