Gʻoya – maqsad, himoya - burch

Vatan himoyasi muqaddas burch ekanini his etib yashash yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusi bilan aloqador. Oʻz yurtini koʻz qorachigʻidek asrash jasorat va vatanparvarlikni taqozo etadi. Matonatli insonlar oʻz yurtini qoʻriqlashga qodir va qobildir. Shu orqali yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun bor qobiliyatini ishga soladi.

2019 yil 11 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan taʼlim muassasalarida “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzusida harbiy xizmatchilar, ziyolilar, sanʼatkorlar va jamoat arboblari ishtirokida tadbirlar yuzasidan Toshkent shahridagi 276-maktabda institutimiz Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, harbiy kafedra hamda institutning QVZ “Targʻibot” jamoasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institutimiz harbiy kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik Ergashev Haydar Ikromovich, harbiy kafedra sikl boshligʻi podpolkovnik Teshaboyev Toʻlkin Yakubovich, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Haydarov Zuxriddin Rabiyevich, maktab oʻqituvchilari jamoasi hamda oʻquvchilari ishtirok etishdi. Harbiy-vatanparvarlik ruhida olib borilgan tadbir maktab oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida institutimiz “Targʻibot” jamoasi tomonidan oʻquvchilarga kulguga boy chiqish namoyish etildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli yakunlandi.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Haydarov Zuxriddin Rabiyevich axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov