Muhimi - vazifa va topshiriqlar ijrosi
Joriy yilning 13 fevral kuni institut murabbiylar kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga Murojaatnomasidagi oliy ta’limni rivojlantirishga oid topshiriqlari hamda institut rektori O‘ktam Pardaevichning 2020 yil 1 fevral kuni institut jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda istiqboldagi rejalar belgilandi.
Yig‘ilish ikki guruhga ajratilgan holda alohida individual suhbat tarzida savol va javoblar shaklida tashkil etildi.
1-guruhda 4 ta (Gidromelioratsiya, Gidrotexnika qurilishi, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti, Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish) fakultetlarning faol murabbiylari;
2-guruhda esa 3 (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, Yer resurslarini boshqarish va Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash) fakultetning faol murabbiylari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish jarayonida “Eng faol murabbiy” tanlovini o‘tkazish, talabalarni 5 ta muhim tashabbus doirasida faolligini oshirish, ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etish, Murabbiylar faoliyatini baholash mezonlari asosida har oyda baholab borish, “Gumanitar fanlar”va “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan guruh murabbiylari uchun “Master-klass” va “Mahorat dars”lari tashkil etib borish va shu bilan birga guruhdagi iqtidorli talabalar bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilanib olindi. Kelgusida namunali faoliyat yuritayotgan murabbiylarni o‘quv yili davomida munosib rag‘batlantirib borish rejalashtirildi. Yig‘ilish jarayonida guruh murabbiylari tomonidan murabbiylar ishini samaradorligini oshirish borasida takliflar va tavsiyalar berildi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov