IJRO NAZORATI VA ISH YURITISH MAHORATI MAVZUSIDA SEMINAR

O‘zbekiston Respubliukasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-3962-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan joriy yil 9 fevral kuni institutda “Hujjatlar bilan ishlash, ijro nazoratini tashkil etish, ijro intizomining holatini doimiy o‘rganish va monitoringini yuritish tartibi hamda hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlash amaliyotini takomillashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasida Ijro nazorati bo‘yicha mas’ul I.Nizomov, institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Mirzayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov va fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda ish yuritish va ijro nazorati bo‘yicha mas’ul hodimlar ishtirok etishdi.

 

I.Nizomov ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzada ijro nazoratining me’yoriy-huquqiy asoslari, hujjatlar bilan ishlash tartibi, nazorat kartochkalari bilan ishlash, ijro nazoratini tashkil etish, ijro intizomining monitoringini olib borish, hujjat saqlovini to‘g‘ri ta’minlash, yig‘ma jildlar nomenklaturasini tuzish va uni rasmiylashtirish tartibi, elektron hujjatlar va ularning aylanish tizimi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ular bilan ishlash yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.
Seminar so‘ngida seminar qatnashchilari mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul D.Yulchiyev ma’lumoti.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov