Prezident tashabbuslari talabalar hayotida
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari Baratov Dilshod Doniyarovich, Hayitov Bobur Komilovich va Shonazarov Jonibek Yomg‘irovichlar tomonidan filialning 1-bosqichida tahsil oluvchi iqtidorli talabalar uchun 5+1 dasturi asosida Enter Engeneering Pte Ltd, UZ GTL project kompaniyasiga 13.02.2021 yil kuni bir kunlik tanishuv amaliyoti tashkil etildi.
Tanishuv amaliyoti Enter Engeneering Pte Ltd maxsus avtobusi filialga tashrif buyurdi va talaba yoshlarni olib UZ GTL project kompaniyasi tomon yo‘lga tushdi. Enter Engeneering Pte Ltd mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Kabirov Eldar Fanusovich, muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bosh mutaxassisi Raximov Umidbek Urinovichlar bilan xamkolikda tashkil etildi.
Enter Engeneering Pte Ltd mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i E.F.Kabirov, muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bosh mutaxasisi U.U.Raximov va mutaxassis O.Shaybalovlar UZ GTL project kompaniyasiga tashrif buyurgan barcha talabalar va professor-o‘qituvchilarni texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha birlamchi instruktir bilan tanishtirdilar va zavod qurilishi, hamda ish faoliyati, ishchi xodimlar mehnat qilishi uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishtirishga kirishildi.
Enter Engeneering Pte Ltd kompaniyasi mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi xodimlari E.F.Kabirov, U.U.Raximov, UZ GTL project qurilishida energetika bo‘yicha menedjeri Eshmuratov Feruz Qurbanmuratovich, Zamestitel rukovoditel Siradjev Bekzod Batirovich va boshqa xodimlar xamroxligida ekskursiya davomida Enter Engeneering Pte Ltd, UZ GTL project kompaniyasida faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar, kompaniya ishlab chiqarish quvvati, kompaniyada ishlash uchun talab etiladigan bilim ko‘nikmalar, kompaniya ishchi xodimlariga yaratilgan shart sharoitlar, kompaniyada qo‘llanilayotgan texnika texnologiyalar, hamda ish faoliyati bilan batafsil tanishishdi. Shuningdek, UZ GTL kompaniyasi to‘la quvvatda isha tushganda kompaniyani boshqarish pulti (boshqaruv bloki)da qo‘llanilayotgan avtomatik boshqaruv paneli tuzilishi bilan batafsil tanishdilar.
Talabalar tushlik vaqtida ishchi xodimlar istemol qiladigan taomlardan tanavul qilishdi va tushdan keyingi ekskursiya davom ettirildi. Enter Engeneering Pte Ltd kompaniyasi Zamestitel rukovoditel Siradjev Bekzod Batirovich va boshqa xodimlar xamroxligida kompaniya lageriga tashrif buyurildi va lagerda ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlar yotoq joylari ovqatlanish oshxonalari, tibbiyot punktlari, sport bilan shug‘ullanish uchun sport zallari xodimlar maxsus kiyim boshlarini tozalash xonalari dam olish maskanlari va sport maydonchalari bilan tanishdilar.
Filial talabalarining 5+1 dasturi davomida tashkil etilgan ushbu tashrif kelajakda o‘z mutaxassisliklarini chuqur egallashlari uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Ekskursiya tashkil etuvchi: D.Baratov
TIQXMMI matbuot xizmati