Bobur buyuk shoh va shoir
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridandir. Joriy yilning 12 fevral kuni "Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini "Adiblar xiyoboni"da keng nishonlashdi. Talabalarimiz haykal poyiga gul quyishdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari Botir Ergashev va Rustam Musurmonlar hamda o‘qituvchilar Bobur to‘g‘risida o‘qigan - bilganlarini talabalarga bayon qilishdi.
Talabalarimiz o‘rtasida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi. So‘ngra talabalarimiz buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda Abdulla Oripov haykali poyiga ham gul quyishdi. She’rlaridan parchalar o‘qishdi. Talabalarimiz bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tganidan xursand bo‘lishdi. Ma’naviy ozuqa olib o‘zlarining oldilariga katta maqsadlar quyishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati