Talabalar turar joyida boburxonlik
She’riyatga oshna qalbning ma’rifatga, san’atga tashna bo‘lishi aniq. Adabiyotning ta’sirchan kuchi dillarga huzur baxsh etadi, o‘ylatadi, kuylatadi, so‘ylatadi. Shoir va buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi joylarda keng nishonlanmoqda. Xususan, joriy yilning 12-fevral kuni "Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 2-talabalar turar joyida keng nishonlashdi. Bobur hayotidan olingan sahna ko‘rinishi kechani bezadi desak, mubolag‘a bo‘lmas. Talabalar o‘rtasida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi. Fakultetimizning yosh ijodkor talabasi Valiev Saman ijrosida Bobur g‘azali bilan aytiladigan mumtoz ashulalar davraga fayz kiritdi.
TIQXMMI matbuot xizmati