Umumxalq xayriya hashari

Bahor faslida barcha hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj oladi. Shahar va qishloqlar, mahalla va ko‘chalarda turli xashar tadbirlari uyushtiriladi. Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadriyatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari «Navro‘z» umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ta’lim muassasalarida va tashkilotlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va hududlarda sanitariya holatlarini yaxshilash maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Ushbu hasharda barcha ishtirok etdi. Unda fakultetga qarashli yer uchastkalari va hududlarida fakultet atrofini obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishdi.  

 

 

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati

 

 

 

 

  •